O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov a'zo bo‘lgan "Krasnodar" klubi rasmiy saytida mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari e'lon qilindi.
So‘rovnomada 1600 nafar muxlis ishtirok etgan. Eng ko‘p ovoz Odil Ahmedovga berilgan.
Odil Ahmedov — 22 foiz
Maurisio Pereyra — 17,3 foiz
Andrey Dikan — 10 foiz
Ma'lumot uchun Ahmedov yakunlangan mavsumda jamoa bilan Rossiya chempionatining 26ta uchrashuvida maydonga tushdi va 2ta gol muallifiga aylandi.