12:02 / 09.06.2015
3518

Shoygu Ussuriysk garnizonida kutilmagan tekshiruv o‘tkazmoqchi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘rinbosari Dmitriy Bulgakovga zobitlar guruhiga boshchilik qilib, Ussuriysk garnizonining bir qator qism va bo‘linmalarida kutilmagan tekshiruv o‘tkazishni topshirdi.

RIA Novosti agentligining xabar berishicha, vazir birinchi navbatda texnika va qurollarning yaroqlilik darajasiga e'tibor berishni buyurgan.
Tekshiruv doirasida qismlar va bo‘linmalar belgilangan hududlarga ma'lum vazifalarni bajarish uchun tashlanadi.

Bugun Shoygu Ussuriyskda Beshinchi umumqo‘shin armiyasi, 70-alohida motoo‘qchi brigadasi, Sakkizinchi zenit-raketa brigadasi komandirlari va 80-boshqaruv brigadasi rahbariyatidan hisobot qabul qildi. Shuningdek, u harbiy xizmatchilarning yashash sharoitlari bilan tanishib chiqdi.

Top