14:37 / 09.06.2015
2811

Xitoy shimolida ommaviy otishma yuz berishi natijasida 4 kishi halok bo‘ldi

Xitoy shimolida ro‘y bergan ommaviy otishma natijasida 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi, ulardan 2 nafari politsiyachilar, deb xabar beradi Reyter nashri.

Otishma 9 iyun kuni Xebey provinsiyasida yuz berdi. Hukumat hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshlab yubordi.

Qayd etilishicha, Xitoyda politsiyachilarning qattiqqo‘l nazorati odamlarning noroziligiga sabab bo‘lib, tez-tez otishma chiqib turadi.

Top