08:04 / 10.06.2015
2566

14 iyun kuni "Santyago Bernabeu"da "Real" va "Liverpul" faxriylari o‘rtasida o‘yin o‘tkaziladi

"Real" va "Liverpul" jamoalari faxriy futbolchilar ishtirokida xayriya o‘yinini o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda mersisaydliklar rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Xabarda yozilishicha, bu o‘yin 14 iyun kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" o‘yingohida tashkil qilinadi.
O‘yinda "Real" tarkibida Klarens Zeyedorf, Zinedin Zidan, Roberto Karlos, Fernando Morentes, Emilio Butrageno, Klod Makelele, Kristian Karambeo, Fransisko Buyo, Pedro Kontreras, Michel Salgado, Fransisko Pavon, Fernando Sans, Manuel Sanchis, Santyago Solari, Xose Amaviska, Edvin Kongo, Roberto Roxas, Xesus Velasko, Ivan Peres, Rafa Kortes kabi sobiq futbolchilar bo‘lishi aytilgan.

"Liverpul" nomidan esa o‘yinda Jyeymi Karrager, Luis Garsiya, Robbi Fauler, Stiv Makmanaman, Patrik Berger, Vladimir Shmitser, Maykl Ouen va boshqa futbolchilar kelishi ama'lum qilingan.

O‘yinga 5, 10, 15 yevro va undan yuqoriqoq narxlarda biletlar sotuvga chiqarilgan.

Top