22:35 / 10.06.2015
3477

AQSh 1975 yildan buyon birinchi marta neft ishlab chiqarish bo‘yicha birinchilikka ko‘tarildi

AQSh 1975 yildan buyon birinchi marta dunyoning eng yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatiga aylandi. Neft hajmi bo‘yicha u Rossiya va Saudiya Arabistonidan o‘tib ketdi, deb xabar beriladi Statistical Review of World Energy 2015 hisobotida.
Hisobotni tayyorlagan VR kompaniyasi mutaxassislarining fikricha, AQShdagi slanets inqilobi bu yutuqlarning asosiy sababchisidir. 2014 yili mamlakatda neft ishlab chiqarish 1.6 mln barrelga ko‘payib, kuniga 11.64 mln barrelni tashkil qildi. O‘tgan yili Saudiya 11.5 mln, Rossiya esa 10.8 mln barrel qazib olayotgan edi.
2013 yili reytingda birinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni turgan edi. Uni Rossiya va AQSh ta'qib qilib borayotgan edi.

Top