"Barselona" jamoasining direktorlar kengashi Qatar Airways kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvining uzaytirilishini tasdiqladi.
Aviakompaniya taklif etgan yangi shartnomaga ko‘ra, jamoa keyingi 5 yil ichida 300 mln yevro oladi.
Ammo bu kengash prezidentlik saylovi arafasida so‘nggi bor chaqirilgan bo‘lib, bo‘lg‘usi rahbariyat ham shartnomani tasdiqlashi lozim.