18:18 / 10.06.2015
1898

Boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi birinchi janglarda g‘alaba qozondi

2015 yil 9 iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan «O‘zbekiston» sport saroyida boks bo‘yicha 1999-2000 yillarda tavallud topgan yosh charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida Osiyo chempionatining uchinchi kun uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kungi bahslardan o‘rin olgan 13 jangning uchtasida o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tarilishdi. Murodjon Aliyev (52 kg.gacha vaznda) qozog‘istonlik raqibi Samatali Taltayevni 2:1, Bilolbek Mirzaraximov (57 kg.gacha) janubiy koreyalik Jan Xung Kimni 3:0 va Temur Mirjonov (63 kg) fillipinlik Ranjo Gila Napolesni 2:1 hisobida malub etib musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi.

Bugun, 10 iyun kuni yana 12 jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonliklardan Halimbek Utegenov (46 kg) qirg‘izistonlik Rustam Muratovga, Jahongir Rahmonov (57 kg) mo‘g‘ulistonlik Bayambatsogt Tuguldurga, Temurbek Sa'dullayev (60 kg) afg‘onistonlik Mujibulloh Ehsonga qarshi ringga ko‘tarilishadi.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyun kungi janglarda Bahodir Baratov (48 kg), Saidjamshid Jafarov (54 kg), Temurbek Sa'dullayev (60 kg) va Dilshodbek Ro‘zmetovlar musobaqani g‘alaba bilan boshlashgandi.

Top