14:33 / 10.06.2015
2213

Emomali Rahmon BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi

9 iyun kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan “Suv hayot uchun” xalqaro harakatlar o‘n yilligi maqsadlarini amalga oshirish yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida uchrashuv o‘tkazdi.

Xovar axborot agentligining ma'lum qilishicha, uchrashuv damovida Tojikiston va BMT o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik istiqbollari va shunga yaqin masalalar muhokama qilingan. Jumladan, Tojikiston xalqaro tashkilotning 23 instituti bilan hamkorlik qilayotgani, ular davlat boshqaruvi, ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, qishloq xo‘jaligi singari sohalarni qamrab olishi aytildi. 2010-2014 yillar orasida ushbu strukturalar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 346 mln dollarni tashkil qiluvchi 100ta loyiha amalga oshirildi.

O‘z navbatida, Pan Gi Mun shu yili Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etishga taklif qildi.

Top