07:43 / 10.06.2015
1985

FreeSync ni qo‘llab-quvvatlovchi LG 27MU67 rusumidagi 4K-monitori taqdim etildi

LG Electronics kompaniyasi o‘yinlar uchun mo‘ljallangan ultrayuqori ko‘rsatish qobiliyatiga ega 27MU67 monitorini rasman namoyish qildi.

Avvalroq yangi monitor diagonali bo‘yicha 27 dyuymga va 3840×2160 nuqtali Ultra HD/4K ko‘rsatish qobiliyatiga egaligi, monitor sRGB rang fazosining 99 foiz qamrab olinishini ta'minlashi ma'lum qilingandi.

Endi LG kompaniyasi monitorning barcha texnik ko‘rsatkichlarni oshkor etdi. Monitor yorqinligi 300 kd/m2, kontrastligi 1000:1 ni (dinamik kontrastlik 5 000 000:1 ga yetadi), gorizontal va vertikal bo‘yicha ko‘rish burchaklari 178 gradusni tashkil qiladi.

Monitorda qora ranglarni to‘liq uzatish uchun Black Stabilizer va bir nechta optimallashtirilgan sozlash to‘plamlarini taklif qiluvchi va shaxsiy sozlash konfiguratsiyalarini yaratishga imkon beruvchi maxsus o‘yin rejimi qo‘llangan.

Monitor dinamik vertikal sinxronlash texnologiyasi FreeSync ni qo‘llab-quvvatlaydi. 4-Screen Split rejimi ekranni 4 bo‘lakka bo‘lish imkonini beradi.

Signal manbalarini ulash uchun DVI-D va Display Port raz'yomlari hamda ikkita HDMI porti mavjud. Ekran tagligi displeyning egilishi va burilishi hamda stolga nisbatan balandlikni o‘rnatish imkonini beradi. Displeyni albom ko‘rinishidan portret ko‘rinishiga burish mumkin.

Monitor keyingi haftadan 600 dollar narxda sotuvga chiqariladi.

Top