12:11 / 10.06.2015
2085

Mali va Serbiya yoshlari JCh-2015 turnirining chorak finaliga yo‘l oldi

Yangi Zelandiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida dastlabki chorak finalchilar nomi ma'lum bo‘ldi. "Afrika derbisi"da Mali terma jamoasi Ganani yirik hisobda mag‘lub etdi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek ayni vaqtda Serbiya va Vengriya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda serblar g‘alaba qozonishdi. Ushbu uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangach, o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarda davom ettirildi va unda Vengriya termasi himoyachisi 118-daqiqada avtogol urishi tufayli Serbiya chorak finalga chiqdi.

JCh-2015 (U-20)
1/8 final
Gana U-20 – Mali U-20 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 20 Samasseku, 0:2 – 53 Gbakle, 0:3 – 81 Dumbiya. 
Gana U-20 – Ati-Zidji, Aydu, Kpozo, Fobi, Ntim, Aboadji, Donsa, Osei (Attobra, 56), Boateng (Atanga, 84), Tette (Tette, 65), Yyeboa.
Mali U-20 – Diarra, Kulibali, Maiga, Kone, Dumbiya, Diarra, Sako, Samasseku (Ture, 89), Gbakle, Traore, Diallo (Traore, 75).
Ogohlantirishlar: Maiga (44), Donsa (67).

Serbiya U-20 - Vengriya U-20 2:1 (0:0, 1:1, 2:1)
Gollar: Merevo (57) - Shaponich (90), Talaber (118, avtogol)
Serbiya U-20 - Raykovich, Antonov, Babich, Belkovich, Gayich, Maksimovich, Edeler, Yankovich (Shaponovich, 58), Gryuyich (Gachinovich, 78), Jivkovich, Mandich (Stevanovich, 90)
Vengriya U-20 - Sekey, Kechkesh (Talaber, 55), Tamash (Nad, 73), Oshvat, Lenjyer, Mervo, Nad, Kalmar, Vida, Shallai (Forgach, 59), Joter.
Ogohlantirishlar: Gayich (37), Shallai (45), Kechkesh (51), Edeler (71), Lenjyer (82), Oshvat (109).
Chetlatish: Gayich(90).

Top