15:31 / 10.06.2015
1528

"Manchester Siti" rahbariyati "Real"ga o‘tib ketmasligi uchun Agueroning maoshini oshiradi

"Manchester Siti" o‘zining asosiy hujumchisi Serxio Agueroni tarkibda saqlab qolishga va uning "Real"ga o‘tib ketishining oldini olishga harakat qilmoqda.

El Confidencial nashrida yozilishicha, "shaharliklar"ning xo‘jayini shayx Mansur bin Zayyed al-Nayyan 27 yoshli argentinalik hujumchiga istalgan raqamini yozishi uchun bo‘sh chek yuborgan.

Qayd qilinishicha, Agueroni o‘z tarkibida ko‘rishni istayotgan madridliklar uning xaridi uchun 90 million yevro sarflashga tayyor.

Top