11:11 / 10.06.2015
3457

Namanganda qariyb 850 ming dollarni Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi

Namanganning Chortoq tumanida istiqomat qiluvchi to‘rt nafar yigit katta miqdordagi xorijiy valyutani qo‘shni Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lganda qo‘lga tushishdi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Keltirilishicha, kirakashlik bilan shug‘ullanib yurgan Azamat tanishi Ibrohimning beshta qora polietilen paketga o‘ralib, ustidan skotchlangan qutini Hazratishoh qishlog‘iga olib borib berish haqidagi taklifiga ko‘ngan. U yerda yigitlarni Botir va Xoshim ismli shaxslar kutib olgan. So‘ng guruh Qirg‘iziston chegarasidagi Turk qishlog‘iga yo‘l olishgan. Ammo ularning xatti-harakatlarini payqagan chegara posti xizmatchilari guruhni qo‘lga olgan.
Aniqlanishicha, qutilarda 1 mlrd 835 mln 990 ming so‘mdan ortiq qiymatga ega 844 ming 545 AQSh dollari bo‘lgan. Bu mablag‘ ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Top