19:41 / 10.06.2015
3516

OAVda JCh-2018 Qatarga olib berilishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi

FIFA 2018 yilda bo‘ladigan jahon chempionatida mezbonlik qilishga tayyor bo‘lib turishi haqida Qatar mamlakatini ogohlantirgan. Maxfiy ma'lumotlarga qaraganda, Rossiya mundial mezbonligidan mahrum qilinib, musobaqa Qatarda o‘tishi mumkin.

"Shu munosabat bilan FIFA Qatardan 2018 yilgacha hech bo‘lmasa 8ta stadionni bitirishini so‘ragan", deya xabar beradi AS nashri.

Rossiyani mundial mezbonligidan mahrum qiluvchi sabab - Ukraina bilan ziddiyat sabab bo‘lishi mumkin. Qatarliklar bunga shunday izoh berdilar: "Rossiyadan jahon chempionatini olib qo‘yishmaydi. Bunday bo‘lmaydi. Agar shunday bo‘lib qolsa - biz tayyor bo‘lamiz", deydi qatarlik amaldorlardan biri.

Top