11:39 / 10.06.2015
4650

O‘zbekiston tartib va xavfsizlik bo‘yicha MDHda yetakchi

O‘zbekiston 2015 yilgi qonun ustuvorligi indeksida (The Rule of Law Index 2015) mamlakatda tartib va xavfsizlikning ta'minlangani ko‘rsatkichi bo‘yicha MDH davlatlari ichida birinchi natijani qayd qildi.
Reytingdan joy olgan 102 mamlakat sakkiz kriteriy bo‘yicha baholandi: hokimiyat institutlari vakolatlarining cheklanishi, korrupsiya darajasi, tartib va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, hokimiyat institutlari faoliyatining shaffofligi, qonunlarga rioya qilinishi, fuqarolik sudi, jinoiy sud. Har bir kriteriy bo‘yicha indeks qayd qilib borildi.
Jamoat tartibining o‘rnatilgani va xavfsizlikning ta'minlangani ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekistonning indeksi 0.91ga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 0.67ga, Ukrainada 0.6ga, Qozog‘istonda 0.81ga, Qirg‘izistonda 0.75ga teng.
Qonun ustuvorligi indeksi 2010 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, adolat va qonuniylikning universal prinsiplar asosiga quriladi. U har yili World Justice Project xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan e'lon qilib boriladi.

Top