16:13 / 10.06.2015
3333

O‘zbekistonga qaytayotgan 14 kishi Qozog‘istonda ushlab qolindi

Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sariog‘och tumanidagi “O‘ngtushtik” mintaqaviy boshqarmasi chegarachi otryadi tomonidan Ipak yo‘li aholijoyi yaqinida O‘zbekistonning o‘z yurtiga qaytayotgan 14 nafar fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Zakon.kz sayti xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, qo‘lga olinganlarning barchasi mehnat muhojirlari bo‘lgan. Ular migratsion qonunchilikni buzgani bois ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Top