20:35 / 10.06.2015
2409

Paleontologlar Oyda suv olish yo‘lini taklif qilishdi

AQSh va Rossiya paleontologlari Yerning tabiiy yo‘ldoshida distillyatsiya (suyuqlikni bug‘lash, bug‘ kondensatsiyasini sovutish) yordamida suv olish metodini taklif qilmoqda. Tadqiqot natijalari Icarus jurnalida nashr qilindi; uning qisqacha mazmuni bilan New Scientist saytida tanishib chiqsa bo‘ladi.

Taxmin qilinishicha, tong otishi chog‘ida Oy tuprog‘idan suv bug‘lana boshlaydi. Ana o‘sha paytda uni distillyatsiya qilish mumkin bo‘ladi.
Ushbu natijalar ko‘p yillik kuzatuvlar natijasidir. Shuningdek, metodni asoslash uchun Oyda suvning tadrijiy aylanishi taxmin qilingan, ammo hali o‘z isbotini topgan emas. Tadqiqotchilarning fikricha, tunda Oyda suv soviy boshlaydi, tongda esa, aksincha, bug‘lanadi.

Suvni to‘plash uchun plastik inshootlar yaratish mumkin: u yerga bug‘lash to‘planib, kunduzgi soatlarda kondensatsiyalanadi. Hisob-kitoblarga qaraganda, Oydagi regolitning har bir metr kubidan 190 millilitr suv to‘plash mumkin bo‘ladi.
Oyning qutblarida suvning ko‘proq ekanligi isbotlab bo‘linganiga qaramay, uning boshqa hududlarida ham bir quyosh sutkasi (Yerdagi bir oyga yaqin) yetarli miqdorda suv to‘plash mumkin.

Top