08:31 / 10.06.2015
3966

Rashkchilar uchun GPS ga ega uzuklar yaratildi

Britaniyalik zargar va Gemporia brendi asoschisi Stiv Bennett GPS-tizimiga ega nikoh uzuklari yaratdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda. Uzuk “sadoqat uzugi” deb nomlandi.

Dizaynerning g‘oyasi bo‘yicha, uzukka o‘rnatilgan kichik o‘lchamdagi chipning asosiy vazifasi uzukni o‘g‘irlab ketilishi yoki yo‘qolib qolishdan saqlash iborat bo‘ladi. Biroq uzuk muallifi bu uzukning o‘zining ikkinchi yarmining qayerdaligini doim bilishni istovchi rashkchi umr yo‘ldoshlar uchun ham asqotishi mumkinligini aytmoqda.

Bennett treking tizimiga ega uzukni ikki variantda: klassik ko‘rinishdagi “malika” ishloviga ega shaffof olmos va “markiz” ishloviga ega binafsharang olmos bilan ishlab chiqdi.

Dizayner kelgusida ham kuzatuv tizimiga ega zargarlik buyumlari yaratishda davom etishini ma'lum qildi. Bennett yaqin orada ota-onalarga o‘z farzandlari qayerdaligini bilish imkonini beradigan taqinchoqlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Top