20:40 / 10.06.2015
2404

Rossiyalik maktab o‘quvchisi 1 yil ichida 800ga yaqin kitob o‘qib chiqdi

Rossiyaning Vologda shahridagi maktablardan birining 11-sinfida tahsil olayotgan qiz bir o‘quv yili mobaynida 789ta kitob o‘qishning uddasidan chiqdi. Bu haqda Vologda viloyati hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu natijani qayd qilgan qiz maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi kitobxon” Butunrossiya tanlovining mintaqaviy bosqichida mutlaq g‘olibi deb tan olindi. Tanlovning finali Moskvada bo‘lib o‘tadi.
Ta'kidlanishicha, qiz kuniga o‘rtacha 3ta kitob mutolaa qilgan.
Tanlov “Rossiya pochtasi” va “EKSMO-AST” noshirlik guruhi tomonidan tashkil etilgan.

Top