21:01 / 10.06.2015
2378

Turkiya bosh vaziri qurolli kuchlar boshlig‘i bilan mamlakat janubi-sharqidagi tartibsizliklarni muhokama qiladi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li mamlakat qurolli kuchlari rahbari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Reuters agentligining xabar berishicha, unda mamlakat janubi-sharqida avj olgan to‘polonlarni to‘xtatish masalasi muhokama qilinadi.
10 iyun kuni kurdparast Demokratik xalqlar partiyasi rahbari hukumatni harakatsizlikda, tartibsizliklarning oldini olmayotgani aybladi. Ta'kidlanishicha, tartibsizliklarga kurdparast partiya parlamentdan o‘rin olgani, bosh vazir partiyasining esa hukmron mavqedan mahrum bo‘lishi sabab bo‘lgan.

Top