12:50 / 11.06.2015
1589

Braziliya Gonduras bilan o‘toqlik uchrashuvida kichik hisobda g‘alaba qozondi

10 iyun oqshomida Braziliya terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Gonduras bilan o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qildi.

Portu-Allegri shahridagi o‘yingohda o‘tkazilgan bu uchrashuvda Roberto Firmino tomonidan 33 daqiqada urilgan yagona gol mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

Braziliya — Gonduras — 1:0
Gollar: Firmino, 33 (1:0).
Ogohlantirishlar: Fabino, 20; Luis, 31; Robino, 80 — Palasios, 77; Mexiya, 90+4.

Top