19:37 / 11.06.2015
1660

"Chelsi" "Real"ning Kurtuani xarid qilish bo‘yicha qiziqishiga javoban 73 mln funt so‘ragan

Telegraph nashrida yozilishicha, Madridning "Real" jamaosi "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xeaga qiziqish bildirishdan oldin, "Chelsi"ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtuani sotib olmoqchi bo‘lgan.

Madridliklar bu darvozabon uchun 37 mln funt taklif qilishgan, ammo Londonda bu raqamlarning o‘rinlari almashtirilganda hosil bo‘ladigan raqamlarda ifodalanadigan summani so‘rashgan. Ya'ni, "Chelsi" o‘z darvozaboni uchun 73 mln funtlik narx belgilagan va tabiiyki bu rozi bo‘lishning iloji yo‘q javob bo‘lgan.

Qayd etish joizki, agar Peres bu mablag‘ni to‘lashga rozi bo‘lganida, bu transfer darvozabonlar bilan bog‘liq rekord daraja sifatida o‘rnatilardi.

 

Top