20:17 / 11.06.2015
2707

Yevroparlament 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlari boshqa davlatlarga berilishi ehtimolini qo‘llab-quvvatladi

Yevroparlament FIFAning audit bo‘yicha komissiyasi rahbari Domeniko Skalaning agar Rossiya va Qatar 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarini o‘tkazish uchun pora bergani holatlari aniqlansa, u holda bu mamlakatlar jahon chempionatlari o‘tkazish huquqidan mahrum etilishi haqidagi bayonotini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Avvalroq Skala agar Rossiya va Qatar tomonidan jiddiy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlansa, 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarini o‘tkazish huquqi boshqa davlatlarga berilishini ma'lum qilgandi.

Top