12:30 / 11.06.2015
1342

Goal.com: "PSJ" Tevesga yiliga 8,5 mln yevrolik shartnoma taklif qildi

"PSJ" klubi "Yuventus"ning argentinalik hujumchisi Karlos Teves uchun kurashga qo‘shildi.

Goal.com nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, fransuzlar 31 yoshli hujumchiga taklif qilayotgan shartnomada uning maoshi 8,5 mln yevro etib ko‘rsatilgan. (bonuslar bilan – 9 mln yevro).

Biroz oldin Tevesni "Atletiko" va "Liverpul" ham sotib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Yuventus" yaqin kunlar ichida Tevesning javobini bilmoqchi. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2016 yilning yozigacha tuzilgan.

Top