13:34 / 11.06.2015
1255

Pokistonda yo‘lovchi avtobusining halokatida 5 kishi qurbon bo‘ldi

Pokistonning markaziy qismida halokatga uchragan avtobusning 5 nafar yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi, 20 nafari turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Mahalliy matbuotning xabar berishicha, avtobus Sind viloyatidagi Navsheru Feruz aholijoyi yaqinidagi avtomagistralda ag‘darilib ketgan.
Taxminlarga ko‘ra, haydovchi tezlikni me'yoridan oshirishi halokatni yuzaga keltirgan.

Top