16:40 / 11.06.2015
6069

Qozog‘istonda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qiluvchilarni bichish taklif qilindi

Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik qiluvchilarni bichish taklif qilindi. Bu taklifni bosh prokuratura muvofiqlashtiruvchi kengashi chog‘ida bosh prokuror o‘rinbosari Nurmahanbet Isayev bildirdi.

“Ogohlantiruvchi choralardan biri, garchi bu bahslarga sabab bo‘lsa-da, bichish bo‘lishi mumkin. U ixtiyoriy yoki majburiy, kimyoviy yoki jismoniy bo‘lishi mumkin. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, jumladan, Rossiyada bu chora yosh bolalarni himoya qilish maqsadida kiritilgan. Ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vazirliklari bu masalani har tomonlama ko‘rib chiqishi zarur”, – uning so‘zlarini keltiradi KazInform agentligi.
Isayev zo‘ravonlarni jamiyatdan chetlashtirishning o‘zi yetarli bo‘lmasligini e'tirof etdi. U keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, har yili qamoqdan yuzlab zo‘ravonlar chiqmoqda.

Top