07:55 / 11.06.2015
3367

Rim papasi Putinga tinchlikparvar farishta tasviri tushirilgan medal sovg‘a qildi

10 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rim papasi Frantsisk bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Qayd etilishicha, uchrashuv bir soatga yaqin davom etgan. Muzokaralar yakunlangandan keyin Rim papasi Putinga tinchlikparvar farishta tasviri tushirilgan medal sovg‘a qildi.

“O‘tgan asr rassomi tomonidan yaratilgan bu medalda tinchlik, haqiqat, birdamlik olib keluvchi va himoya qiluvchi farishta tasviri aks etgan. Bu medalda Injil bizning hayotimizga yorug‘lik va quvonch olib kelishi, odamzod haqida geosiyosiy fikrlar, hayot haqidagi fikrlar bayon etilgan matn ham mavjud”, deb aytdi pontifik sovg‘ani topshirayotib.

O‘z navbatida Putin Rim papasiga Masih qutqaruvchi ibodatxonasi tasviri tushirilgan panno hamda pravoslav ensiklopediyasining bir nechta tomlarini sovg‘a qildi.

Top