13:02 / 11.06.2015
2197

Samarqanddan Toshkentga 13 gugurt qutisida marixuana olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

1979 yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan Umid Shoniyozov Toshkent shahriga marixuana giyohvand moddasi olib kirmoqchi bo‘lgan chog‘da “Erkin” YPX maskanida nazoratchilar tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Shoniyozov do‘sti Salimdan 600 ming so‘mlik antennani nasiyaga olib, uyiga o‘rnatgan, ammo o‘z vaqtida qarzini qaytara olmagan. Bundan tashqari, kichkina qizi kasal bo‘lib qolib, dori-darmonga pul kerak bo‘lib qolgan. Mana shunday ahvolda turganida u qishloq maktabining orqasida nasha o‘simligini topib olgan. Uning quritilgan barglarini 13 gugurt qutisiga joylab, Toshkentda sotib kelishni niyat qilgan.
Shohbekatda uchrab qolgan tanishi Mirkamol uni poytaxtga olib borib qo‘yishga ko‘ngan. Ammo tekshiruv chog‘ida Shoniyozovning asablari dosh bermay, qochishga harakat qilgan. YPH maskani nazoratchilari tomonidan qo‘lga olingan Shoniyozovning yonidan 53-54 gramm marixuana moddasi topilgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top