09:42 / 11.06.2015
4157

Shveytsariya politsiyasi FIFAning JCh-2018 va JCh-2022 ga oid ma'lumotlarini qo‘lga kiritdi

Shveytsariya politsiyasi FIFAning JCh-2018 va JCh-2022 turnirlariga oid kompyuter ma'lumotlarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda "Bi-Bi-Ci" xabar bergan.
 
Xabarda aytilishicha, bu ma'lumotlar tashkilotning Tsyurixdagi shtab-kvartirasida amalga oshirilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan. Bu takshiruvlarda Yozef Blatter, tashkilotning bosh kotibi Jyerom Valke hamda moliyaviy bo‘lim rahbari Markus Kattnerning ofislari ham tintuv qilingan.
 
Eslatib o‘tamiz, 27 may kuni Tsyurixda FIFAning bir qancha yuqori martabali amaldorlari poraxo‘rlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan. 2 iyunda Blatter FIFA prezidentligidan ketishini ma'lum qilgan.
 
Biroz oldinroq, FIFA tomonidan Qatarga har ehtimolga qarshi 2018 yilgi mundialni o‘tkazishga tayyor turishni tayinlagani xabar qilingandi.
Top