11:08 / 11.06.2015
2072

Turkiya bosh vaziri koalitsion hukumat tuzishga tayyorligini ma'lum qildi

Turkiyadagi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan, ammo ilgarigi yakka hukmron mavqeidan mahrum bo‘lgan Adolat va taraqqiyot partiyasining yetakchisi, mamlakat bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li koalitsion hukumat tarkibini tuzishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, partiya 40.8 foiz ovozlarni to‘play olgan va 258 deputatlik o‘rnini band etgan. Ammo parlamentda mutlaq ko‘pchilikni tashkil etmay qo‘ygan partiya endilikda hukumatni yolg‘iz shakllantira olmaydi.

So‘l Xalq respublikachi partiyasi 25 foiz, milliyatchi Milliy harakat partiyasi 16.4 foiz, kurdparast Xalq demokratik partiyasi 13.1 foiz ovoz to‘pladilar. Birinchisi parlamentda 132ta, qolgan ikkitasi esa 80tadan o‘ringa ega bo‘ldilar.

Top