08:02 / 11.06.2015
2420

Ukraina armiyasi 2015 yil boshidan beri qariyb 800 dona texnik uskunalar oldi

Ukraina armiyasi 2015 yil boshidan beri qurollanish uchun 797 dona harbiy texnika birligi oldi. Bu haqda “Ukroboronprom” bosh direktori Sergey Pinkas ma'lum qildi.

“2015 yilning boshidan bugungi kungacha qo‘shinlarga 797 dona texnika birligi yetkazilgan. Bu texnika orasida yangisi ham, modernizatsiya qilingani ham, ta'mirlangani ham bor. Bu texnikalar raketa-artilleriya qurol-aslahasi, zirhli tank texnikasi hamda aviatsiya texnikasidan iborat”, deb aytdi Pinkas.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili ukrainalik harbiylar 2,5 ming dona texnika birligi olgan.

Top