17:23 / 12.06.2015
4587

BMT bosh kotibi O‘zbekiston prezidenti bilan xalqaro terrorchilikka qarshi kurash masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov BMT bosh kotib Pan Gi Mun bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida xalqaro terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash masalasida fikr almashildi.
“Uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda kelajakdagi istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, Markaziy Osiyoda tinchlikni ta'minlash, xalqaro terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashda birdamlik masalalari muhokama qilindi”, – deyiladi xabarnomada.

Top