23:09 / 12.06.2015
2874

Bokuda avtobus tomonidan urib yuborilgan Yevropa o‘yinlari ishtirokchisi sun'iy koma holatiga o‘tkazildi

Bokuga Yevropa o‘yinlarida ishtirok etish uchun kelgan avstriyalik sinxron suzuvchi Vanessa Saxinovich avtobus tomonidan urib yuborilgandan keyin uzoq vaqt davom etgan operatsiyadan keyin sun'iy koma holatiga o‘tkazildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Saxinovich yotgan shifoxona matbuot kotibining aytishicha, Saxinovich ko‘p sonda jarohatlar olgan, unga yana bir operatsiya talab qilinadi. Olingan jarohatlar sportchining hayotiga xavf solmayapti.

11 iyunda Yevropa o‘yinlari ishtirokchilarini olib yurgan avtobus Atletlar qishlog‘ida uch nafar avstriyalik sportchini urib yuborgan. Oqibatda sinxron suzuvchilar Vanessa Saxinovich, Luna Payyer va Verena Brayt jarohat oldi. Ulardan Saxinovich eng og‘ir jarohatlar oldi.

Voqeadan keyin sportchi Venaga yuborildi, bu yerda 15 yoshli sportchi operatsiya qilindi. Ozarbayjon hukumati ushbu voqea yuzasidlan tergov boshladi.

Yevropa o‘yinlarining ochilish marosimi 12 iyunda Bokuda bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarda 30 ta sport turi bo‘yicha 253 ta medallar komplekti o‘ynaladi. O‘yinlar 13-28 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Top