16:57 / 12.06.2015
1524

Martines «Milan», «MYu» va «Manchester Siti» jamoalaridan birini tanlash borasida ikkilanmoqda

"Portu" hujumchisi Jyekson Martines 12 iyun kuni o‘zining keyingi faoliyati borasida yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Kolumbiya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisiga «Milan», «MYu» va «Manchester Siti» da'vogarlik qilmoqda. Martines ulardan qaysi birini tanlash borasida ikkilanmoqda. O‘z navbatida "Milan" klubi hujumchiga katta umid bog‘lagan va garchi Manchester shahrining ikki klubi ko‘proq maosh taklif qilayotgan bo‘lsa ham, uning Milanga kelishidan umidvor.

Ma'lumot uchun, "Portu" Martinesning transfer narxini 35 million yevro qilib belgilagan. Portugaliyada o‘tkazgan uch mavsumi davomida ichki birinchilikda 90ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi 67ta gol urgan va 9ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Top