16:18 / 12.06.2015
1966

Merkel Yevropaning sekin rivojlanayotganini aytdi

Yevropa iqtisodiy jihatdan juda sekin rivojlanmoqda, bu holat Yevropa siyosatchilaridan faolllikni talab qiladi. Bu haqda Germaniya katsleri Angela Merkel oilaviy korxonalar jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan konferensiya chog‘ida bayonot berdi.
“Yevropa juda sekin harakat qiladi. AQShga hamma narsa mumkin. Bu ularning tijoratchilariga ko‘p foyda keltiradi. Bizda esa, aksincha, hamma narsa man qilingan. Shu bois siyosatchilarimizdan faollik talab qilinadi”, – dedi Merkel.
Shuningdek, Merkel xonim oilaviy korxonalar Germaniya o‘rta sinfining asosi bo‘lib qolayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top