17:52 / 12.06.2015
2280

Navoiy mehnat birjasining odamlarni pul evaziga ishga joylagan xodimi 7 yilga qamaldi

Navoiy viloyati Uchquduq tumani Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida davlat mehnat huquqi inspektori lavozimida ishlagan Muzaffar Rashidov poraxo‘rlikda ayblanib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Yozilishicha, u markazga ish so‘rab kelgan fuqarolardan pul undirgan. Jumladan, fuqaro Mirjamol Ergashevdan kommunal sohaga ishga kiritib qo‘yish uchun 1.5 mln so‘m so‘ragan. Yaqinda kollejni bitirgan Ergashev “savdo”lashib, to‘lovni 1.3 mln so‘mga tushirgan. Ammo u amaldorning tamagirligi haqida tegishli tashkilotlarga xabar qilgan. Natijada Rashidov jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Top