22:49 / 12.06.2015
3764

Putin Ozarbayjonga yetib keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bokuga ishchi safar bilan yetib keldi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

Putin Bokuda o‘tkazilayotgan ilk Yevropa o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Putin Ozarbayjonga tashrifining ikkinchi kuni kun tartibiga Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashishi kiritilgan.

Top