16:33 / 12.06.2015
1947

Qirg‘izistonda 2015-2017 yillarda eksportni rivojlantirish rejasi ishlab chiqildi

Qirg‘iziston hukumati 2015-2017 yillarda eksportni rivojlantirish rejasini ishlab chiqdi. Aytilishicha, rejani tayyorlashda dastavval yuqori eskport salohiyatiga ega ustuvor sektorlarni rivojlantirishga e'tibor qaratildi.
Iqtisod vaziri Oleg Pankratovning rejani amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan forumdagi chiqishida ma'lum qilishicha, bunday sektorlar qatoriga tekstil sanoati, meva-sabzavot sohasi, go‘sht mahsulotlari, sut mahsulotlari va turizm kiritilgan.
“Shuningdek, eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun sektorlararo faoliyat turlari aniqlandi. Savdoni moliyalashtirish, eksportchilar protseduralarini yengillashtirish, sifat menejyerini takomillashtirish, tovarlarni tashqi bozorga olib chiqish va savdo axborotini tarqatish shular jumlasidandir”, – uning so‘zlarini keltiradi KNews.kg.
Ayni paytda, ustuvor sektorlar sirasiga oltin qazib olish, elektr energiyasi ishlab chiqarish kiritilmagan, negaki bu sohalar alohida qo‘llab-quvvatlashga muhtoj emas.

Top