19:26 / 12.06.2015
2161

Qozog‘iston sobiq bosh vaziri Serik Axmetovning uy qamog‘ida ushlab turilishi yana bir oyga uzaytirildi

Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri Serik Axmetovning uy qamog‘ida ushlab turilishi yana bir oyga, 18 iyulgacha uzaytirildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Qozog‘iston Davlat xizmati ishlari va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tergovchisining arznomasiga binoan, jinoyatning oldini olish chorasi sifatida Serik Axmetovga qo‘llangan “uy qamog‘i” jazosi yana bir oyga – 18 iyulgacha uzaytirildi”, deb ta'kidlamoqda sud matbuot kotibi Aliya Josheva.

Avvalroq Serik Axmetovga Qozog‘iston Jinoyat kodeksining to‘rtta moddasi bo‘yicha – pora olish, xizmat vakolatini suiiste'mol qilish, tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy ishtirok etish va o‘ta yirik miqdorda o‘zganing mol-mulkini o‘zlashtirishda ayblanayotganligi ma'lum qilingandi.

Top