12:30 / 12.06.2015
4200

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib ketdi

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida joylashgan Birtaban ko‘lida O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib ketdi. Novosti-Kazaxstan axborot agentligining favqulodda vaziyatlar viloyat boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib ma'lum qilishicha, qidiruv ishlari davom etmoqda.
Voqea 10 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00da Qo‘rg‘aljin tumanida sodir bo‘lgan. Cho‘kib ketgan kishining shaxsi aniqlangan. U 1984 yili Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan Turopov Soatjon bo‘lgani aytilmoqda.

Top