21:17 / 12.06.2015
6371

Ronaldu mashg‘ulotga kosmetik niqobda keldi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashg‘ulot hududida yuziga kosmetik niqob chaplagan holda paydo bo‘ldi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.

30 yoshli ushbu hujumchi Yevro-2016 turniri uchun saralash bosqichi doirasida Armanistonga qarshi safarda o‘tkaziladigan o‘yindan oldingi mashg‘ulotda shunday niqob bilan harakat qilgan.

Qayd etish joizki, Ronaldu Yerevan shahridagi aeroportda bojxona xizmati bilan muammoga duch kelgandi.

Ma'lumot uchun, Armaniston va Portugaliya terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Top