13:06 / 13.06.2015
1753

2014 yilda o‘zbek-rus mahsulot ayirboshlash hajmi 6,1 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 2014 yil yakunlariga ko‘ra 6,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev "Na dosuge" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Tyurdenevning aytishicha, Rossiya statistik ma'lumotlari bo‘yicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari 2014 yilda 1,6 foizga qisqarib, 4 milliard dollarni tashkil etgan. Ayni vaqtda, O‘zbekiston ma'lumotlari bo‘yicha, bu ko‘rsatkich 6,1 millard dollarga teng.

2014 yili ikki tomonlama mahsulot ayirboshlash hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida Rossiyaning to‘rtinchi hamkori bo‘ldi. Ayni vaqtda, Rossiya O‘zbekistonning barcha savdo hamkorlari orasida birinchi bo‘lgan (umumiy tashqi savdo aylanmasining 21,8 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi).


Top