00:30 / 13.06.2015
3341

Birinchi Yevropa o‘yinlari musobaqasi ochiq deb e'lon qilindi

Bakudagi Olimpiya stadionida ilk Yevropa o‘yinlari ochilish marosimi o‘z nihoyasiga yetib, musobaqa ochiq deb e'lon qilindi. 

Ochilish marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi rahbari Tomas Bax, Monako knyazi Alber II, Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevlar ishtirok etdi. 

Musobaqa 12-28 iyun orasida bo‘lib o‘tadi. 

Top