19:18 / 13.06.2015
1907

Boku shahrida 3 nafar avstriyalik sportchini urib yuborgan avtobus haydovchisi hibsga olindi

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Yevropa o‘yinlarida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan avstriyaliklar jamoasidagi 3 nafar sportchini avtobusda urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi. Bu haqda Ozarboyjon IIV matbuot xizmatida xabar berildi.

"Vaziyat yuzasidan olib borilgan tekshiruv ishlari davomida OOO Bakubus avtobuslaridan birining haydovchisi hibsga olindi. U o‘z sohasida zarur ko‘nikmaga ega bo‘lmagan va vazifasini bajara olmagan", deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda unga nisbatan "Yo‘lda harakatlanish va transport vositasini boshqarishda qoida buzish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni Bokuda 3 nafar avstriyalik sportchini avtobus urib ketgan, ulardan ikki nafari og‘ir jarohatlari tufayli shoshilinch ravishda Avstriyaga olib ketilgandi.

Top