00:20 / 13.06.2015
1703

«Manchester Yunayted» Xarri Keyn uchun 77 mln dollar taklif qilmoqchi

«Manchester Yunayted» klubi Angliya terma jamoasi va “Tottenxem” klubining hujumchisi Xarri Keyn uchun 77 mln dollar taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Manchester Evening News portalining xabar berishicha, yaqin kunlarda mankunianliklar vakillari “Shpor”larning prezidenti Daniel Levi bilan uchrashishni rejalashtirmoqdalar.

O‘tgan mavsum mobaynida Keyn 31 ta to‘p, ulardan 21 tasini Angliya premer-ligasida urdi. Bunday natijalar unga chempionatning 2-raqamli to‘purari bo‘lishiga imkon berdi. Keyn “Tottenxem” safida 2010 yildan beri to‘p surib keladi. U 4 marotaba “Leyton Oriyent”, “Milluoll”, “Norvich Siti” va “Lester Siti” klublariga ijaraga berilgan.

21 yoshli hujumchi Angliya terma jamoasida o‘ynashga ham ulgurdi. Uning hisobida terma jamoa safida 2 ta o‘yin va bitta gol bor. Keyn “Tottenxem” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta to‘p urgan.

Keyn ikki marta APLda oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olingan hamda mavsum yakunlariga ko‘ra APLning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topilgan.

Top