19:53 / 13.06.2015
2272

Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 100 mlrd dollarga yetkaziladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmini 100 mlrd dollarga yetkazish xususida kelishib olgan. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bermoqda.

"Ikki tomonlama tasdiqlangan kelishuvga ko‘ra, kelajakda savdo sohasidagi strategik maqsadlarni amalga oshirish barobarida o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmi 100 mlrd dollarlik miqdorga yetkaziladi", deb ma'lum qildi Putinning matbuot kotibi Peskov.

Ikki davlat rahbari bu haqda Bokudagi uchrashuv chog‘ida gaplashib olishgan.

Top