Sankt-Peterburg shahrining Toshkent ko‘chasidagi qurilish firmasi xodimlaridan birining ustiga konteyner qulab tushgan. Bu hodisa qurilish maydonida yuz bergan.
Ma'lum qilinishicha, 24 yoshli jabrlanuvchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u ko‘p va og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Shifokorlar uning ahvoli juda og‘irligini aytishmoqda.
"Konkretno.ru" nashrida yozilishicha, konteyner ishchining boshiga tushgan. Ayni vaqtda politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.