11:54 / 13.06.2015
2267

Toshkentda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida 13 nafar o‘zbekistonlik bokschi final janglarida ishtirok etadigan bo‘ldi

12 iyun kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport saroyida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida yarim final janglari bo‘lib o‘tdi

Mazkur yarim final bahslarining barcha vazn toifalarida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olishdi.

Xalimbek Utegenov (-46 kg) afg‘onistonlik Masver Kakatni, Jahongir Rahmonov (-50 kg) Yaponiya vakili Matsumoto Keysukeni, Saidjamshid Jafarov (-54 kg) tailandlik Anan Txonkratxokni, Temurbek Sa'dullayev (-60 kg) filippinlik Chaves Ronaldni, Dilshodbek Ro‘zmetov (-66 kg) J.Koreya vakili Seungmin Anni, Qosimxon Qosimov (-75 kg) qozog‘istonlik Tabinbayevni va nihoyat Profsor Rorimsha qozog‘istonlik Nurdaulet Ulanulini yengib, Osiyo chempionatining oltin medallari uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. 

Kunning ikkinchi yarmida esa 70 kilogramm vazn toifasida bellashgan Yahyoxon Saidxonov qozog‘istonlik Daulet Zausheavni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Vazni 80 kilogramm bokschilar bahsida Janubiy Koreya vakili Tayekmin Kimga qarshi jangga tushgan Abbosxon Mirzaabdullayev raqibiga qator zarbalar yo‘llab, unga imkoniyat qoldirmadi va yakunda g‘alaba qozonib, chempionlik uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Shuningdek, 48 kg vazn toifasida Bahodir Baratov afg‘onistonlik Zahor Nejrabini, 52 kg vazn toifasida Murodjon Aliyev Tailand vakili Master Vanglaklangni, 57 kg vazn toifasida Bilolbek Mirzarahimov Husayn Mouza Xanini (Eron) 63 kg vazn toifasida Timur Merjanov Aibol Zambirbayni (Qozog‘iston) mag‘lub etishdi va finalda oltin medallar uchun ringga ko‘tariladigan bo‘lishdi.

Top