11:21 / 13.06.2015
1596

Vengriya mehnat muhojirlari oqimini to‘xtatish uchun Serbiya bilan chegarasini yopmoqchi

Vengriya Serbiya bilan davlat chegaralarini yopib qo‘yish niyatini bildirdi. Bunga janubdan ko‘p miqdorda mehnat muhojirlarining kirib kelishi sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Agence France-Presse nashri xabar bergan.

"Biz Vengriyaga ishsizlar va qochqinlar guruhlarining keng ko‘lamda jo‘natilishini yaxshi hodisa deb bilmaymiz. Ular Serbiyada qolishlari kerek deb hisoblaymiz", deydi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban.

Uning qayd etishicha, Serbiya bilan chegaralarni butunlay yopish haqidagi qaror keyingi haftada qabul qilinishi kutilmoqda. O‘z navbatida iyul oyining birinchi yarmida Vengriya va Serbiya hukumatlari o‘rtasida qochqinlar masalasida muhokama o‘tkazilishi aytilgan.

Ma'lumot uchun, Vengriya Shengen hududiga a'zo hisoblanadi, Serbiya esa YeIga a'zo bo‘lish uchun harakatlarini davom ettirmoqda.

Top