23:34 / 15.06.2015
1652

Airbus dunyoda yirik aeroportlar sonining ikki marta ko‘payishini prognoz qilmoqda

Yevropa aviasozlik konserni Airbus dunyodagi yirik aeroportlarning deyarli ikki barobarga – hozirdagi 47 tadan 2034 yilga kelib 91 tagacha yetishini prognoz qilmoqda. Bunday ma'lumotlar kompaniyaning analitik hisobotida keltirilgan. Bunday aeroportlarda uzoq magistralli uchadigan yo‘lovchilar soni kuniga 900 mingdan 2,3 mln.gacha ko‘payadi.

Airbus ning prognoziga ko‘ra, Moskva uzoq magistralli yo‘lovchi trafigini 10 mingdan 50 minggacha oshiradi. Airbus ning ta'kidlashicha, 2014 yil yakunlariga ko‘ra Moskva aviatsiya bo‘g‘ini aeroportlari shundoq ham o‘z quvvatlari chegarasida ishlagan va bu holat kelajakda ushbu aeroportlarning talabga mos kelmasligiga olib keladi.

Bundan tashqari, Rio-de-Janeyro, Yoxannesburg, Sidney, Los-Anjyeles, San-Frantsisko, Madrid, Dehli, Pekin, Shanxay, Gonkong, Stambul kuniga 50 mingdan ko‘proq uzoq magistralli yo‘lovchilarga ega yirik aeroportlarga ega shaharlarga aylanadi.

Top