14 iyun oqshomida Chilidagi Amerika Kubogi musobaqasi doirasida uchinchi kun o‘yinlari o‘tkazildi.
"C" guruhidan joy olgan Braziliya va Peru hamda Kolumbiya va Venesuela uchrashuvlarida braziliyaliklar va venesuelaliklar uchtadan ochkoga ega bo‘lishdi.
Braziliya "Estadio Munisipal Xerman Bekker" o‘yingohida Peruni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinning 3-daqiqasida Kueva tomonidan kiritilgan to‘pga 5 va 90-daqiqalarda Neymar hamda Duglas Kosta tomonidan javob gollari qaytarildi va Braziliya qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.
Braziliya – Peru 2:1
Gollar: Neymar, 5, Duglas Kosta, 90+2 – Kueva, 3
Braziliya: Jyefferon, Miranda, Dani Alves, Filipe Luis, Davil Luis, Villian (Everton Ribeyro, 87), Fernandino, Elias, Fred (Roberto Firmino, 75), Diyego Tardelli (Duglas Kosta, 66), Neymar
Peru: Galese, Sambrano, Advinkula, Farfan (Karrilo, 83), Balon, Lobaton, Kueva (Reyna, 82), Vargas (Yotun, 88), Xoyel Sanches, Askues, Gerrero
Ogohlantirishlar: Neymar, Filipe Luis – Gerrero, Vargas
"Estadio El Tenente" stadionida kolumbiyaliklar bilan bahs olib borgan Venesuela terma jamoasi Ronton tomonidan 60-daqiqada urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.
Kolumbiya – Venesuela 0:1
Gol: Rondon, 60
Kolumbiya: Ospina, Sapata, Armero (Djyekson Martines, 82), Murilo, Suniga, Karlos Sanches (Kardona, 63), Ervin Valensiya, Kuadrado, Xames Rodriges, Falkao, Bakka (Teo Guterres, 72)
Venesuela: Baroxa, Amorembeta, Viskarrondo, Rosales, Tunes, Arango (Sichero, 86), Gerra, Rinkon, Seyxas (Lusena, 75), Vargas (Sesar Gonsales, 78), Rondon
Ogohlantirishlar: Karlos Sanches, Sapata, Djyeyms Rodriges – Seyxas, Amoremeta, Lusena, Viskarrondo
Guruhda keyingi tur o‘yinlari 18-19 iyun kunlariga belgilangan. 18 iyun kuni Braziliya Kolumbiya bilan, 19 iyun kuni esa Venesuela Peru bilan kuch sinashadi.